Hujjatlar

Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 8-iyul
Ommaviy oferta Maxfiylik siyosati

Ushbu hujjat (keyingi o'rinlarda — «Oferta») NovaPin Telegram-boti (@novapinbot), NovaPin mini-ilovasi (app.novapin.uz) va ular bilan bog'liq xizmatlardan (birgalikda — «Xizmat») foydalanish shartlarini belgilaydi.

Botni ochish, buyurtma berish yoki Xizmatdan boshqa tarzda foydalanish orqali siz ushbu Ofertani o'qib chiqqaningizni, tushunganingizni va unga to'liq rozilik bildirganingizni tasdiqlaysiz.

1. Umumiy qoidalar

1.1. NovaPin — o'yin ichi valyutalari (olmos, UC, gold va boshqalar), Telegram Stars, Telegram Premium, gift-kartalar hamda boshqa raqamli mahsulotlarni yetkazib beruvchi xizmat.

1.2. Xizmatdan foydalanish uchun alohida ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi — Telegram akkauntingiz kifoya.

1.3. Xizmat 18 yoshga to'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan. 18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar Xizmatdan faqat ota-onasi yoki qonuniy vasiysining roziligi bilan foydalanishi mumkin.

1.4. NovaPin mustaqil xizmat bo'lib, o'yin ishlab chiqaruvchilari va nashriyotlari bilan affillanmagan; barcha o'yin nomlari va belgilar o'z egalariga tegishli.

2. To'lovlar va mablag'lar

2.1. Barcha to'lovlar foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda, o'z xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.

2.2. To'lovlar UZCARD va HUMO kartalari orqali, himoyalangan to'lov sahifasi yordamida qabul qilinadi.

2.3. To'lovni tasdiqlashdan oldin barcha ma'lumotlar (o'yin ID, server, mahsulot va miqdor) to'g'ri kiritilganiga ishonch hosil qilish foydalanuvchining mas'uliyatidir.

2.4. Muvaffaqiyatli bajarilgan buyurtma uchun to'lov, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari, qaytarilmaydi.

2.5. Balansga kiritilgan mablag'lar Xizmat ichidagi buyurtmalar uchun ishlatiladi. Keshbek va bonuslar faqat Xizmat ichida amal qiladi va naqd pul ko'rinishida yechib olinmaydi.

3. Noto'g'ri ma'lumot kiritilganda

3.1. Agar kiritilgan o'yin ID mavjud bo'lmasa yoki buyurtmani bajarishning iloji bo'lmasa, buyurtma bajarilmaydi va mablag' foydalanuvchining NovaPin balansiga qaytariladi.

3.2. Agar foydalanuvchi xatosi tufayli buyurtma boshqa shaxsning haqiqiy hisobiga muvaffaqiyatli yetkazilgan bo'lsa, bunday buyurtma qaytarilmaydi — yetkazilgan raqamli mahsulotni qaytarib olishning texnik imkoni yo'q.

3.3. Muddati o'tgan aksiya yoki promokod bo'yicha berilgan buyurtmalarga aksiya shartlari qo'llanmasligi mumkin.

4. Xizmat mavjudligi va javobgarlik

4.1. Xizmatda vaqti-vaqti bilan texnik yoki dasturiy nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda buyurtmalar navbat asosida, imkon qadar tez bajariladi.

4.2. Tizimdagi xatoliklar, baglar yoki zaifliklardan shaxsiy manfaat uchun foydalanish qat'iyan taqiqlanadi. Bunday holat aniqlansa, NovaPin tegishli buyurtma va bonuslarni bekor qilish hamda foydalanuvchini Xizmatdan chetlatish huquqini saqlab qoladi.

4.3. Foydalanuvchi Xizmatdan amaldagi qonunchilik doirasida o'z tavakkalchiligida foydalanishini tushunadi va bunga rozilik bildiradi.

4.4. O'yin hisobining o'yin qoidalarini buzganlik sababli nashriyot tomonidan cheklanishi yoki bloklanishi NovaPin javobgarligiga kirmaydi.

5. Raqamli mahsulot shartlari

5.1. Xizmat orqali sotib olingan raqamli mahsulotlar (jumladan gift-kartalar) emitent tomonidan belgilangan amal qilish muddatiga ega bo'lishi mumkin.

5.2. Buyurtma bo'yicha muammo yuzaga kelsa, mahsulot yetkazilganidan so'ng 24 soat ichida botdagi support bo'limiga murojaat qiling. Ushbu muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar ko'rib chiqilmasligi mumkin.

5.3. Yetkazish muddati o'rtacha 1–5 daqiqani tashkil qiladi; ayrim mahsulotlarda bu muddat farq qilishi mumkin va mahsulot sahifasida ko'rsatiladi.

6. Promokodlar va referal dasturi

6.1. Promokodlar cheklangan muddat va shartlarga ega bo'lishi mumkin; bitta buyurtmaga bitta promokod qo'llanadi.

6.2. Referal dasturi orqali olingan bonuslar balansga tushadi va faqat Xizmat ichida ishlatiladi.

6.3. Referal dasturini suiiste'mol qilish (soxta akkauntlar yaratish va shu kabilar) aniqlansa, tegishli bonuslar bekor qilinadi.

7. Yakuniy qoidalar

7.1. NovaPin ushbu Ofertani istalgan vaqtda o'zgartirish yoki yangilash huquqini saqlab qoladi. Yangilangan sana hujjat boshida ko'rsatiladi.

7.2. O'zgarishlardan so'ng Xizmatdan foydalanishda davom etish yangilangan shartlarga rozilik hisoblanadi. Shartlarni vaqti-vaqti bilan ko'rib chiqib turish foydalanuvchining zimmasida.

7.3. Foydalanuvchi shartlarning biror qismiga rozi bo'lmasa, Xizmatdan foydalanishni to'xtatishi lozim.

Buyurtma berish orqali siz ushbu Ommaviy ofertani o'qib chiqqaningizni va unga rozilik bildirganingizni tasdiqlaysiz.

Savollaringiz bormi?
Botdagi 24/7 jonli support jamoamiz yordam beradi.
🎮 Botni ochish